
Chechenistonning Gudermes tumanida dafn marosimi vaqtida fojiali holat yuz berdi — xususiy uyning yog‘och balkonining qulab tushishi natijasida 20 kishi turli tan jarohatlari oldi. Bu haqda Rossiya OAV manbalariga tayanib Report agentligi ma’lum qildi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi dafn marosimini baland joydan kuzatish maqsadida uy balkoniga chiqqan. Biroq balkon ko‘p odam og‘irligiga chidamay, qulab tushgan.
Hodisadan so‘ng tibbiyot xodimlari jabrlanganlarni tez yordam mashinalari orqali shifoxonaga yetkazishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ayrimlari yengil, boshqalari esa o‘rta darajada jarohat olgan.
Ayni paytda hodisaning aniq sabablari o‘rganilmoqda, mutaxassislar balkonning texnik holati va qurilish sifati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!