00:02 / 15.01.2017
9 898

Turkiya dollar tobuti ustiga navbatdagi mixni qoqdi

Turkiya dollar tobuti ustiga navbatdagi mixni qoqdi

Amerika dollari o‘rniga milliy valyutada savdo qilish-krizis avj olgan paytda ayniqsa odamlarning ko‘plab qo‘llab-quvvatlashiga sazovor bo‘lgan va qayta-qayta eslanib turiladigan boqiy mavzuga aylanib ulgurdi. Vaqt o‘tishi bilan mavzu o‘z dolzarbligini biroz yo‘qotgandek bo‘ladi, biroq yaqinda tasdiqlangan BRIKS Banki hamda Turkiya prezidentining bayonoti yana bu boraga qaytishga majbur qiladi.
Eron hukumati o‘tgan yil boshida o‘z xaridorlariga dollardan voz kechib, evroda savdo qilish taklifi bilan chiqdi. OAVlarining ma’lumotiga ko‘ra, o‘shanda bir qancha shartnomalar imzolangan. Jumladan Fransiyaning Total, Ispaniyaning Cepsa va Litasco, shuningdek Rossiyaning “LUKoyl” kompaniyalari orasida neftni evroga sotish kelishilgan. Bu ilk qadamlar edi.

Xitoy ham dollardan yuanga o‘tishga faol harakat qilgan, ular ko‘plab davlatlar bilan maxsus svop- bitimlar imzolab, unga ko‘ra haq to‘lash aynan milliy valyutalarda amalga oshirilgan. Pekin bilib turib, ikki tomonlama svop-bitimlar imzolagan, shu tariqa u yuanni xalqaro savdoga kirgazishga harakat qilgan. So‘nggi 7 yil ichida Xitoy 32 davlat bilan umumiy hisobda 3,1 trln yuanga svop-bitimlar imzolagan. Bu shartnomalar savdo aloqalari, investisiyani qo‘llab-quvvatlash, yuanni xalqaro muomilaga kirgazish yo‘lida qilingan. Xitoy Xalq banki 15ta davlat, shu jumladan Janubi-Sharqiy Osiyo, G‘arbiy Evropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Okeaniyani qamrab olib, yuanda hisob-kitob qiladigan kliring markazlari yaratgan, bunda yuan hududiy hisob-kitob valyatasiga aylangan. 2014 yilda Xitoy RF Markaziy banki bilan shartnoma imzolangan, unga ko‘ra ikki davlat orasidagi hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshiriladi.

Turk prezidenti Rajab Erdog‘an hamda bosh vazir Binali Yildirimning Rossiyaga tashrifi chog‘ida bu ikki davlat orasidagi savdo-sotiq ayirboshlash aynan rubl hamda turk lirasida amalga oshirilishi kelishib olindi, ayni damda Erdog‘an boshqalarga ham Xitoy misolida xuddi shunday to‘lov uslubiga o‘tishni maslahat berdi. Keyinroq Turkiya energetika va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayra Turkiya va Rossiya muassasalari energouzatgichlar savdosida milliy valyutadan foydalanishlariga oid yangi tartib ishlab chiqilayotgani haqida ma’lum qildi. Bungacha, ikki davlat markaziy banklari milliy valyutaga o‘tishdagi texnik masalalar ustida ish boshlashgani ma’lum qilingandi. Rossiya banki Rossiya hamda Turkiya o‘rtasida milliy valyutada savdo qilish uchun na huquqiy na texnik to‘siqlar yo‘qligini, shuningdek buning uchun biron bir maxsus bitim tuzilishi ham shartmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Dollarning dunyo miqyosidagi o‘rni “qimirlab” qolganligiga qaramay, u hamon bosh rezerv valyutasi sanaladi. Bundan tashqari uning mavqei o‘sib, u hamma erda “o‘tadi”. Shunga qaramay, dunyoda “suv oqadi, hamma narsa o‘zgaradi” va hozir juda ko‘p davlatlarda o‘z milliy valyutasi bilan savdo qilish xohishi uyg‘onmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya dollar tobuti ustiga navbatdagi mixni qoqdi