AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishish munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tushlik vaqtida saylovlardagi raqibi Hillari Klintonni olqishlashni tashkillashtirdi. Bu haqda "Mediaite"ga asoslanib "Kun.uz" xabar qilmoqda. Sobiq davlat kotibi tantanaga tashrif buyurgan va ular qo‘l berib ko‘rishishdi. Tushlikdan so‘ng, Tramp mikrofon yoniga borib, to‘planganlarga murojaat qildi.
«Preziden Bill Klinton va davlat kotibi Hillari Klinton tashrif buyurishlari bilan meni ikrom qilishdi», — dedi Tramp. Shundan so‘ng, zalda qarsaklar ovozi eshitildi, yangi davlat rahbari esa, bu bilan ham qoniqmay, barcha mehmonlarni tik turib olqishlashga chorladi.
Trampning o‘zi ham birmuncha vaqt olqishlab, qarsaklar ovozi tinganda shunday dedi: «Boshqa gapga hojat yo‘q, chunki men bu ikki insonni juda ham hurmat qilaman».
Hillari Klinton, o‘z navbatida, buning uchun minnatdorlik izhor qildi. «Men bugun demokratiyamiz va qadriyatlarimizga hurmat ko‘rsatish maqsadida bu erdaman. Men hech qachon, mamlakatimiz va uning kelajagiga ishonishdan to‘xtamayman», — deb yozgan Klinton xonim Twitter mikroblogida.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi