7 762
Turmush o‘rtog‘iga g‘azab bilan qarayotgan Hillari Klintonning surati internetda keng muhokama qilinmoqda
Trampning qasamyodi tadbiriga kelgan Bill Klintonning nigohi sahnadamas, boshqa joyda bo‘lganini ko‘rgan Xillari eriga norozi qaragani internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda.
"Billni Ivanka Trampga qarayotgan paytida ushlab olishdi. Bill, sen hech qachon o‘zgarmaysan", - deya izoh qoldirdi Jey Uorner.
"Sizga Bill Klintonning Ivanka Trampga qarashi kabi nazar tashlaydigan kimnidir toping", - deb yozadi NinJosh.
"Hillarining jahli chiqib ketdi, Billning esa parvoyi palak!", - ta’kidlab o‘tdi tonya dye taxallusi ostidagi internet foydalanuvchisi.
"U qaerga yoki nimaga bunday qaraganini biz qayerdan bilamiz? Ko‘rayotgan yagona narsamiz – bu u qaergadir juda ham katta e’tibor bilan qaraganining isboti, xolos", - deya yozdi News View.
"Hillarining yuzini ko‘rish – bu barcha komediya seriallarini tomosha qilishdan ham yaxshiroq", - degan Mr Ives.
Biroq, bir qator foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, AQShning sobiq prezidenti aslida nimaga qaragani noma’lum.
"U aniq Hillariga qaramagan", - deb unga javob qaytargan Marcell nomli foydalanuvchi.
"Billi Bob hali-hamon go‘zallikning qadriga etadi. Hillarining jahli chiqqani aniq", - deya yozdi YentDolly.
The Sun nashri Bill Klinton AQShning yangi prezidenti rafiqasi — Melanyaga "baqraygan"ligini taxmin qildi. "Ammo Ivanka ham uning diqqat markazida edi", deb qo‘shimcha qilgan nashr.
Eslatib o‘tamiz, 1998 yilda AQSh prezidenti Bill Klintonning Oq uyga amaliyotga kelgan Monika Levinskiy bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani ommaga oshkor bo‘lgan edi. Bu mojaro Billning prezidentlik faoliyatiga nuqta qo‘yishiga sal qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi