23:26 / 21.01.2017
6 856

Janubiy Koreya madaniyat vaziri korrupsiya mojarosi tufayli hibsga olindi

Janubiy Koreya madaniyat vaziri korrupsiya mojarosi tufayli hibsga olindi

Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri Cho Yun Sun tergovchilar maxsus komissiyasining talabi bilan hibsga olindi. Bu hukumatdagi yuqori lavozimli shaxslarning korrupsiya bilan bog‘liq mojaro ishi doirasida sodir bo‘ldi. U iste’foga chiqqan. Bu haqda "Kiodo agentligi"ga asoslanib "Kun.uz" sayti xabar berdi.

Cho Yun Sun prezident Pak Kin Xe hokimiyatiga qarshi bo‘lgan san’at vakillarining “qora ro‘yxatini” tuzishda gumon qilinmoqda. Unda 9400dan ortiq artistlar, musiqachilar va madaniyat arboblari bo‘lgan hamda ularga davlatning barcha subsidiyalari hamda yordamini bermaslik maqsadida yaratilgan.

Shuningdek, sud prezident ma’muriyatining sobiq rahbarini hisbga olish uchun order berdi.

Cho Yun Sun mamlakat tarixida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan chog‘ida qo‘lga olingan birinchi vazir bo‘ldi.

Janubiy Koreyada o‘tgan yilning kuzidan mamlakat prezidentining yaqin dugonasi Soy Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi avj oldi. Huquqni muhofaza qilish organlari uni hech qanday davlat lavozimlarini egallamay turib prezident tomonidan qabul qilingan siyosiy qarorlarga ta’sir o‘tkazganlik, shuningdek, o‘z mavqeidan foydanib Janubiy Koreya korporasiyalaridan yirik mablag‘larni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilishda gumon qilishmoqda.

Soy Sun Sil hibsga olingach, prezident ham korrupsiya sxemalari va yirik biznesga bosimdan xabardor bo‘lgani borasida gumonlar paydo bo‘ldi. Pak Kin Xega dekabr boshida impichment e’lon qilindi. Ayni damda bosh vazir Xvan Gyo An davlat rahbari vazifasini vaqtinchalik boshqarib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya madaniyat vaziri korrupsiya mojarosi tufayli hibsga olindi