10:40 / 22.01.2017
6 593

Hindistonda 25 mln kishi ishtirokida namoyish bo‘lib o‘tdi

Hindistonda 25 mln kishi ishtirokida namoyish bo‘lib o‘tdi

Hindistonning Bihar shtatida istiqomat qiluvchi 110 mln fuqaroning salkam chorak qismi, 25 mlnga yaqin kishi bir-birining qo‘llaridan ushlagan holda 2016 yilda amalga kiritilgan qonunni qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Qonunga ko‘ra, shtat bo‘ylab har qanday spirtli ichimlikni sotish va iste’mol qilish taqiqlangan edi. Bu haqda Hindustan Times gazetasiga asoslanib Kun.uz sayti xabar berdi.

Mahalliy mulozimlarning xabar qilishicha, namoyishga chiqqanlar dunyodagi eng uzun tirik zanjirni tashkil qilishgan. Namoyish shtatning 38 tumanida bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tgan. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, zanjir 3ta sun’iy yo‘ldosh, 4ta o‘quv-mashg‘ulot samolyoti va 40 dron vositasida suratga olingan. Shunga ko‘ra, shtat ma’muriyati Ginnessning rekordlar kitobini ushbu voqeani qayd etishga undagan.

Gap shundaki, spirtli ichimliklarga qarshi qonun qabul qilingach, mahalliy muxolifat hujjatga qarshi chiqdi. Shundan so‘ng, aholi hukumat qarori bilan yakdil ekanligini bildirdi. Qonunni, shuningdek, mamlakat bosh vaziri Narendra Modi Tibet diniy ruhoniysi dalay-lama ham qo‘llab-quvvatlagan edi.






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 25 mln kishi ishtirokida namoyish bo‘lib o‘tdi