date

Saudiya Arabistoni chet ellik investorlarga ko‘chmas mulk bozorini ochmoqda!

Saudiya Arabistoni chet ellik investorlarga ko‘chmas mulk bozorini ochmoqda!

Saudiya Arabistoni 2026-yildan boshlab chet ellik investorlarga qirollik hududida uy-joy sotib olishlariga ijozat berishi kutilmoqda. Bu haqda "Bloomberg" nashri xabar tarqatdi. Bu qadam "Vision 2030" strategik dasturi doirasida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va mamlakat iqtisodiyotini turli yo‘nalishlarda rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar

Hukumat hozirda ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish jarayonini olib bormoqda. Tegishli farmon joriy yilning iyul oyida imzolangan bo‘lib, yangi tahrirning 2026-yil yanvar oyida amal qilishga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Yangi hujjatda mamlakatning to‘rtta yirik markazi – Ar-Riyod, Makka, Madina va Jiddada xorijliklarga nafaqat turar joy, balki tijorat, sanoat va qishloq xo‘jaligi obyektlari, shuningdek, alohida ajratilgan hududlarda qurilish uchun yer uchastkalari sotib olish imkonini taqdim etish nazarda tutilgan.

Muqaddas shaharlar uchun maxsus cheklov

Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish boshqarmasining ijro etuvchi rahbari Fahad Bin Sulaymonning so‘zlariga ko‘ra, ikki muqaddas shahar — Makka va Madinada ko‘chmas mulkni faqat xorijdan kelgan musulmon fuqarolar xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi. "Xaridorning musulmon bo‘lishi shart, bundan boshqa qat’iy to‘siqlar mavjud bo‘lmaydi," — deya izohlagan u.

Shuningdek, belgilangan hududlarda chet elliklar egalik qilishi mumkin bo‘lgan cheklangan qismi 70 foizdan 90 foizgacha etib belgilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni chet ellik investorlarga ko‘chmas mulk bozorini ochmoqda!