
Braziliyada yashovchi 19 yoshli qiz egizak farzand dunyoga keltirdi, biroq DNK tahlili aqlni hayratga soladigan holatni ko‘rsatdi. Aniqlanishicha, bolalarning har biri turli erkaklardan bo‘lgan.
Ayol dastlab farzandlaridan biriga otalikni tan olish uchun tanish yigitdan DNK testi olgan. Natijada faqat bitta bola biologik farzand sifatida tasdiqlandi. Shundan so‘ng u ikkinchi yigitdan ham test olgan va boshqa bolasining ham boshqa erkakka tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.
Bu noyob biologik holat ilmda "geteropaternal superfecundation" deb ataladi. Ya’ni, ovulyatsiya vaqtida ayol ikki erkak bilan aloqada bo‘lgan va har xil sperma ikki tuxum hujayrani urug‘lantirgan. Bunday holat har bir million egizak tug‘ilishdan bittasida ro‘y beradi.
Hozirda ikki bola ona qaramog‘ida. Voqea nafaqat tibbiyotda, balki huquqiy masalalarda ham dolzarb muhokama qilinmoqda. Mutaxassislar bu holatning noyobligini qayd etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.