Amerikalik va avstraliyalik olimlar hozirgi Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Gvineyani birlashtirgan Saxul superqit’asida so‘nggi muz davrida yashab o‘tgan ulkan hayvonlarning qirilib ketishi asosiy sabablaridan birini aniqladi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Ushbu sut emizuvchilar nobud bo‘lishiga, olimlar fikricha, ularning em-xashak bazasi kambag‘allashishi sabab bo‘lgan. «Iqlim quruqlashib borgani sari, hayvonlarning ovqatlanish tartibi keskin o‘zgargani borasida dalillarni topdik», — dedi tadqiqot hammuallifi Larisa DeSantis.
Bunday xulosaga olimlar zamonaviy Avstraliya hududida 350—570 ming yil avval — yirik organizmlar keng tarqalgan davrda hamda 30—40 ming yil avval — ular qirilib ketgan vaqtda yashagan o‘txo‘rlar rasionini solishtirib ko‘rish orqali keldi. Hayvonlar tishlaridagi kislorod va uglerod izotoplari mutaxassislarga organizmlarning ovqatlanish rasionini hamda suyak hosil bo‘lish paytidagi atrof-muhit harorati va namligini baholash imkonini berdi.
Olimlarning ushbu tadqiqoti Saxul faunasining yirik vakillarini superqit’ada paydo bo‘lgan odamlar qirgani haqidagi gipotezani bilvosita rad etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari