date

Ultimatum va javob: Tramp Maduroga bir hafta muhlat berdi...

Ultimatum va javob: Tramp Maduroga bir hafta muhlat berdi...

Trampning shaxsiy talabi va belgilangan muddat

AQSH prezidenti Donald Tramp 21-noyabrda Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan telefon so‘zlashuvida unga mamlakatni tark etish uchun bir hafta fursat ajratgan. Reuters agentligining to‘rtta manbasiga tayanib xabar berishicha, Tramp Maduroga o‘zi xohlagan davlatga, oila a’zolari bilan birga ketishi mumkinligini bildirgan. Belgilangan muddat 28-noyabrda, juma kuni yakuniga yetgan. Muddat tugaganidan so‘ng, Tramp o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Venesuela havo hududi AQSH uchun yopilganini rasman bildirdi.

Maduroning shartlari va Vashingtonning raddiyasi

Reuters manbalari ta’kidlashicha, Nikolas Maduro mamlakatni tark etishga rozi bo‘lgan, ammo bir qator shartlar qo‘ygan. U AQSHdan o‘zi va oilasi uchun to‘la huquqiy afv (yuridik amnistiya), barcha AQSH sanksiyalarini bekor qilish va xalqaro jinoyat sudidagi ishni to‘xtatish kabi kafolatlarni talab qilgan. Tramp ma’muriyati esa bu shartlarga ko‘nmagan va ularni qabul qilmagan.

Karakasga bosim: harbiy harakatlar va xavfsizlik inqirozi

Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida AQSH va Venesuela munosabatlari yanada keskinlashgan. Vashington Maduroni qonuniy rahbar deb hisoblamaydi va uning hukumatini narkotrafikka qarshi kurashdagi sustkashlik, korrupsiya va qonunchilikni buzishda ayblaydi.

Sentyabrdan buyon AQSH Karib havzasiga zamonaviy harbiy kemalar va samolyotlar joylashtirdi hamda narkotik tashuvchi deb aytilayotgan kemalarga 20 dan ortiq zarbalar bergan. Natijada 80 dan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilingan. Yangi cheklov – havo hududini yopish – Vashingtonning Karakasga bosimini yanada kuchaytirganini anglatadi. Mutaxassislar bu vaziyat Venesueladagi siyosiy inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkinligini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ultimatum va javob: Tramp Maduroga bir hafta muhlat berdi...