Yaponiya hukumati Nepalga bu erda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga xalqaro yordam ko‘rsatish doirasida 70 qutqaruvchidan iborat guruhni yuborishga qaror qildi. Bu haqda Kiodo agentligi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar 26 aprelda Nepal poytaxti Katmanduga Bangkok orqali jo‘nab ketadilar.
Qutqaruvchilar guruhiga polisiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar, diplomatlar va Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) xodimlari kiritilganlar. Ular jabrlanganlarni qutqarishda ko‘mak beradilar va bedarak yo‘qolganlarni qidirishda ishtirok etadilar.
Avvalroq Nepal hukumati dunyo hamjamiyatiga 1934 yilda 10 mingdan ortiqroq odamning umrini olib ketgan 8,2 magnitudali zilziladan keyin ro‘y bergan vayronagarchiligi bo‘yicha eng kuchli zilzilaning oqibatlarini bartaraf etishda yordam so‘rab murojaaat qilgan edi. BMT va AQSh Nepaldagi qutqaruv operasiyasini qo‘llab-quvvatlashlari va bu mamlakatga insonparvarlik yordamini jo‘natishlarini ma’lum qildilar.
Nepalda 25 aprelda ertalab 7,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu erda er qimirlashlar Toshkent vaqti bilan 11:11 da qayd qilindi, ulardan keyin yana bir nechta aftershok (asosiy zilzila kuchidan kamroq kuchga ega qayta er qimirlashlar) ro‘y berdi. Zilzila markazi Katmandudan shimoli-g‘arb tomonga 82 km uzoqlikda joylashib, o‘chog‘i 15 km chuqurlikda bo‘lgani qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi