
Qozog‘istonda jamoat joylarida burqa va paranji kiyishni taqiqlashga yo‘naltirilgan yangi qonun loyihasi parlamentda qabul qilindi. Bu qonun 3-dekabr kuni Majlisning quyi palatasida ikkinchi o‘qishda ma’qullandi. Agar ushbu hujjat Senatda ko‘rib chiqilib, maqullansa, davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan imzolanishi kutilmoqda.
Qonunga ko‘ra, jamoat joylarida yuzni to‘suvchi kiyim kiygan odamga birinchi marotaba ogohlantirish berilsa, takroran sodir etilsa, 10 oylik hisoblash ko‘rsatkichi miqdorida, ya’ni 40 ming tenge (80 dollar) jarima belgilanishi mumkin. Bu qonunning asosiy maqsadi jamoat joylarida odamlar orasida o‘zini to‘sish va yuzini yopishni man qilishdir.
Aytilishicha, qonun bilan Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodekska o‘zgartirishlar kiritilishi kerak. Hujjatda ko‘rsatilgan kiyimlarning asosiy maqsadi, shuningdek, dinni va faol siyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun majburiy kiyimlarni taqiqlashga qaratilgan. Jumladan, burqa ham ushbu kategoriyaga kiradi.
Qozog‘istonda burqani taqiqlash masalasi bir necha yildan beri muhokama qilib kelinmoqda. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev 2024-yilning mart oyida burqani radikal, ekstremistik kayfiyatdagi shaxslar tomonidan ayollarga majburiy kiyim sifatida taqiqlanishi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, bu Qozog‘istonning an’anaviy qadriyatlariga zid keladi.
2023-yilning oktyabr oyida esa O‘zbekistonda ham, masalan, yuzni to‘sib turuvchi kiyimlarni kiyish uchun ma’muriy jarima belgilash haqidagi qonun qabul qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.