
Qozog‘istonda 16 yoshgacha bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlar ochish taqiqlanishi mumkin. Bu taqiq videoxostinglar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa katta onlayn-platformalarga nisbatan amal qiladi.
Hukumat ushbu qarorni bolalarni «yomon kontent»dan himoyalash maqsadida qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bunda, faqat messenjerlar istisno qilinadi, ya’ni bolalar ushbu platformalardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun loyihasi bir necha marotaba tahrir qilinib, 80 dan ortiq o‘zgartirishlar kiritilgan. Yangilangan qoidalar kelgusi yilda kuchga kirishi mumkin.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ushbu yangi choralar bolalarning onlayn muhitda xavfsizligini ta’minlash va ularning sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.