
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning siyosiy maslahatchisi Jared Kushner bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida birinchi marta batafsil ma’lumot berdi. Uning aytishicha, uchrashuv juda uzoq davom etgan va tomonlar Tramp taklif qilgan tinchlik rejasini har bir bandini alohida muhokama qilishga majbur bo‘lgan.
Putinning ta’kidlashicha, AQSH delegatsiyasi Moskvaga olib kelgan tinchlik rejasi, asosan, Tramp bilan Alyaskada erishilgan kelishuvlarga asoslangan. Amerikaliklar ushbu muzokaralarda 27 banddan iborat tinchlik rejasini 4 ta alohida paketga bo‘lib, har birini bosqichma-bosqich muhokama qilishni taklif qilgan. Moskva bu yondashuvni «tushunarli va amaliy» deb atadi, ammo natija borasida hali oxirgi to‘xtamga kelinmagan.
Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Ukrainaga urushdan voz kechish uchun bir necha takliflar kiritgan. Masalan, Kiyevga Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqish va Ukrainani «hujumga o‘tmaslik» haqida ogohlantirish, ammo Ukraina o‘zining harbiy yo‘lni tanlaganini ta’kidladi. Putin, shuningdek, Rossiya Donbass va Novorossiyani har qanday yo‘l bilan, shu jumladan harbiy yo‘l bilan ham ozod qilishiga ishonishini bildirdi.
Putinning bayonotlariga ko‘ra, Moskva va AQSHning muzokaralari "foydali va mazmunli" bo‘lsa-da, urushni to‘xtatish bo‘yicha hali hech qanday aniq kelishuvga erishilmagan. Rossiya Ukrainadagi harbiy maqsadlaridan qaytmoqchi emas, Tramp orqali AQSHning vositachiligi esa hali natijaga olib kelmadi.
Bu jarayonda Rossiya uchun asosiy maqsad – Ukrainadagi qo‘shinlarni o‘z shartlariga ko‘ra qaytarish va mamlakatning bir qismi bo‘lgan Donbass va Novorossiyani ozod qilishdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.