17:56 / 31.01.2017
10 902

130 marta uylangan, 203 ta farzandning otasi vafot etdi

130 marta uylangan, 203 ta farzandning otasi vafot etdi

Yodingizda bo‘lsa, 2016 yilning oktyabr oyida 97-rafiqasining ustiga yana uylanish istagidagi Nigeriyalik Muhammad Bello Abubakar haqida xabar bergan edik.

Bir necha kun avval, Muhammad Bello Abubakar 93 yoshida Nigeriyada vafot etdi. Bu haqda “Daily Trust”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar qilmoqda.

O‘tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Belloning 97 rafiqasi va 185 nafar farzandi bor edi.

Bu yil esa ko‘rsatkichlar anchagina yuqori. Marhumning rafiqalari soni 130 taga, farzandlarining soni esa 203 nafarga etgan.

Aytish lozimki, Bello turmush qurgan ayollarining 10 nafari bilan ajrashgan.

2008 yili Muhammad Bello 86 marta uylanib, 170 ta farzandni dunyoga keltirgan kishi sifatida mashhurlik qozongandi.

O‘shanda islom sudi undan mavjud rafiqalaridan faqatgina 4 nafarini qoldirib, qolganlari bilan ajrashishni talab qilgandi. Aks holda qatl etilishi aytilgandi. Biroq Bello “Qur’onda to‘rttadan ortiq marta uylanganlarga jazo berilishi haqida hech narsa deyilmagan”, deb sud xukmini bajarmagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 130 marta uylangan, 203 ta farzandning otasi vafot etdi