Tojikiston tashqi ishlar vazirligi g‘ayrioddiy ob-havo sharoiti sababli xorij mamlakatlari va xalqaro tashkilotlarga yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, kuz-qish mavsumida yomg‘ir va qor me’yordagidan 140-170%ga ko‘p yog‘ishi ulkan tabiiy ofatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Tog‘li tumanlardagi aksariyat aholi maskanlari va yo‘llar qor ko‘chkilari, suv toshqinlari, tog‘ ko‘chkilari xavfi ostida qolgan. Respublika gidrometeorologiya markazining ma’lum qilishicha, fevralda ham yog‘ingarchilik me’yoridan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda qor ko‘chkisi yuz berishi oqibatida Tojikistonda 7 kishi halok bo‘lgandi. Ammo norasmiy xabarlarga qaraganda, tabiiy ofat natijasida 80dan ortiq inson halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yuzlab avtomobillar qor ostida qolgan. Qutqaruvchilar 800ga yaqin aholini evakuasiya qilishgan hamda 50ta yuk va 150ta yengil avtomobilni qor ostidan chiqarishgan.
Prezident Emomali Rahmonning topshirig‘iga ko‘ra qurbon bo‘lganlar va vayronalarni aniqlash hamda jabrlanganlarga yordam berish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining birinchi rahbarlaridan iborat maxsus operativ ishchi guruhi tuzilgan.
"Qutqaruv va profilaktika tadbirlari ulkan moliyaviy vositalarni talab qiladi. Birinchi navbatda, tegishli texnika va jihozlar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, dori-darmonlar va tibbiy jihozlar, ko‘chki va seldan himoya inshootlari hamda sohillarni mustahkamlash choralarini o‘tkazish lozim bo‘ladi", — deyiladi Tojikiston TIV murojaatida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi