Hindistonning Haydarobod shahrida 11 kishidan iborat oila istiqomat qiladi. Ulardan 9 nafari kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi, deb yozadi “Darakchi” nashri. Ularning qo‘llari va oyoqlari sog‘lom odamlarnikiga nisbatan kalta. Mahalliy aholi vakillari Chauxan avlodidan bo‘lgan pakanalarni gnomlar deb atashadi. Murakkab sharoitda va qo‘ni-qo‘shnilarning tazyiqlari ostida yashashsa-da, ular ruhini cho‘ktirmaydi. Chauxan oilasining a’zolari axondroplaziyadan aziyat chekadi. Bu pakanalikning kam uchraydiagn turi hisoblanadi.
Ularning tana qismi me’yoridagidek, biroq qo‘l va oyoqlar kalta bo‘ladi.
Oila boshi Ram Rajaning so‘zlariga ko‘ra, avval ularning oila a’zolari 20 kishidan iborat bo‘lgan. Ulardan 18 nafari gnomlar bo‘lgan.
Afsuski, so‘nggi yillarda oila a’zolarining bir nechtasi vafot etgan. Ular vaqt o‘tgan sari oyoqlarida kuchli og‘riqni his etadi.
“Yillar o‘tgan sayin oyoqlarimiz yumshashib ketaveradi, yurish borgan sari qiyinlashadi. Bundan tashqari, umurtqa va bo‘yin qismi ham qattiq og‘riy boshlaydi”, deydi Raja. “Ko‘chada notanish kishilar ustimizdan kuladi. Ular bizni qo‘llari bilan ko‘rsatib, gnomlar deb ataydi”, deydi oilaning yana bir a’zosi.
Oila a’zolari uchun ish topish ham katta muammo.
Nima bo‘lishidan qat’iy nazar Raja oilasi a’zolari o‘zlarini boshqalardan ajralib turishini bejizga emas, deb hisoblashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”