Yaponiya mamlakat mudofaa kuchlarining IShIDga qarshi operasiyalarda ishtirok etish imkoniyatini istisno qildi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada Pentagon rahbari Jeyms Mettis bilan uchrashuvdan keyin aytdi. Bu haqda "TASS" axborot agentligga tayanib "Kun.uz" xabar bermoqda.
"IShIDga qarshi kurashga kelsak, bizning mudofaa kuchlarimiz bo‘linmalari bunda ishtirok etmaydi. Bosh vazir bu haqda aytgan va bizning fikrimiz o‘zgarmadi", deb aytgan Inada.
Bundan tashqari, Inada Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat keskinlashadigan bo‘lsa, Yaponiya u erga ham armiyasini yubormasligini aytdi.
"Biz AQSh bilan Janubiy Xitoy dengizidagi ishlarning holatini bir tomonlama tarzda o‘zgartirishga urinishlarga qarshi turishga kelishib oldik. Yaponiya u erda tinchlik va barqarorlikni kuch bilan emas, balki qonun ustuvorligi va xalqaro hamkorlikni ta’minlash hisobiga qo‘llab-quvvatlash kerak, deb hisoblaydi", deb ta’kidlab o‘tdi Inada. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”