
Fransiyada noma’lum shaxslar «Makdonalds» restoranida tushlik qilish uchun to‘xtagan harbiylarning qurolini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda 5 fevral, yakshanba kuni LCI telekanali ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Hodisa 2 fevral, payshanba kuni Fransiya janubi-sharqidagi Izer departamentidagi La-Verpiyer kommunasida yuz berdi. Parijda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha operasiyasida ishtirok etib qaytayotgan uch nafar harbiy «Makdonalds»ga kira turib, FAMAS vintovkalarini avtomobilda qoldirgan. Mashinaga qaytgan harbiylar uning yon oynalaridan birining singanligi, undagi ikki vintovka va uning o‘qlari yo‘qolganligini aniqladi.
Harbiy xizmatchilar polisiya chaqirdi. Qidiruv operasiyalariga o‘nlab polisiyachilar va vertolyot jalb etildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, jinoyatchilar ikki kishi bo‘lgan. Polisiyachilar ularni qidirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar