
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni «birinchi raqamli terrorchi davlat» deb atadi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
«Eron mamlakatimizni mutloqo hurmat qilmaydi. U birinchi raqamli terrorchi davlat. Mablag‘larini qurollanishga sarflamoqda», — deya ta’kidladi Tramp 5 fevral, yakshanba kuni Fox News telekompaniyasiga bergan intervyusida.
AQSh etakchisi Tehronga nisbatan sanksiyalar nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lishni va’da qildi. «Biz buni amalga oshirishni boshladik», — dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Tehron tomonidan ballistik raketalar dasturi ishlab chiqilgani tufayli Eronga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar