18:05 / 06.02.2017
6 750

Apple, Google, Facebook va boshqa IT kompaniyalar migrantlar haqidagi farmon bo‘yicha Trampga ochiq xat yo‘lladi

Apple, Google, Facebook va boshqa IT kompaniyalar migrantlar haqidagi farmon bo‘yicha Trampga ochiq xat yo‘lladi

Amerika texnologik kompaniyalari ettita davlat fuqarolari va qochoqlarni mamlakatga kirishini taqiqlovchi farmonni bekor qilishni iltimos qilib, AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq xat yozdi. Bu haqda Daryo yozmoqda.

Kompaniyalarning huquqiy asoslangan pozisiyalari San-Fransisko apellyasiya sudiga topshirildi. Apple, Google, Facebook rahbarlari va boshqa yirik sanoat vakillari maktub ostiga o‘z imzolarini qo‘ydi.

Trampning farmoniga qarshi arizaga 97 ta texnologik kompaniya, jumladan, Apple, Google, Microsoft, Facebook, Twitter, eBay, Netflix, Uber, Airbnb, Foursquare, Github, Linkedln, Quora, Snap va Spotify kompaniyalari qo‘shildi.

Arizada bayon qilinishicha, Trampning migrantlar haqidagi farmoni Amerika kompaniyalariga jiddiy zarar etkazadi, shuningdek, innovasiyalar va iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kompaniyalarning ta’kidlashicha, 500 ta eng yirik dunyoviy kompaniyalardan 200 dan ortig‘iga migrantlar yoki ularning farzandlari asos solgan.

Xatni AQSh prezidenti ma’muriyati huzuridagi biznes bo‘yicha kengash tarkibiga kiruvchi Amazon va Tesla kompaniyalari imzolamadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Apple, Google, Facebook va boshqa IT kompaniyalar migrantlar haqidagi farmon bo‘yicha Trampga ochiq xat yo‘lladi