
Rossiyaning Primore o‘lkasida chegarachilar Rossiya chegarasini noqonuniy ravishda buzib o‘tgan xitoylik erkaklarni qo‘lga oldi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Qonunbuzarlar fevral oyining boshida Ussuriyskda qo‘lga olindi. Xitoyliklar Rossiya hududiga yaxshi hayot va baliq izlab o‘tgan.
RF hududiy FXXning bergan ma’lumotiga ko‘ra, qonunbuzarlarga nisbatan “Davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tish” aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilardan biri tergovchining “Nima uchun chegarani noqonuniy ravishda buzib o‘tdingiz?” degan savoliga “Chunki bu erda baliq ko‘p”, deb javob berdi. Mazkur “baliq ovi” uchun xitoyliklar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar