Olmaotada talaba professorga pichoq ko‘tardi

21 dekabr kuni Qozog'istonning Olmaota shahridagi oliy ta'lim muassasalaridan birida talaba professorlardan biriga pichoq bilan hujum qildi. Hujum universitet hududida sodir bo'lgan va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko'ra, unda oddiy oshxona pichog'idan foydalanilgan. Gumonlanuvchi qo'lga olinib, hibsda saqlanmoqda, holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov olib borilmoqda. Hujum sabablari va jabrlangan professorning ahvoli hozircha ma'lum qilinmagan.
Kecha, 21 dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan birida dahshatli hodisa sodir bo‘ldi. Universitet talabasi professorlardan biriga pichoq bilan hujum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea to‘g‘ridan to‘g‘ri universitet hududida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda hujum vaqtida oddiy oshxona pichog‘idan foydalanilgani aytilmoqda. Voqea joyidan olingan videolar ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Qozog‘iston huquq-tartibot organlari holat yuzasidan darhol tekshiruv ishlarini boshlagan. Dastlab gumonlanuvchi qidiruvga berilgan bo‘lsa, keyinchalik u qo‘lga olingani va hozirda hibsda saqlanayotgani ma’lum qilindi.
Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hujum sabablari, talaba bilan professor o‘rtasidagi munosabatlar hamda voqeaning boshqa tafsilotlari aniqlanyapti.
Rasmiy manbalar jabrlangan professorning ahvoli haqida hozircha ma’lumot bermadi. Qo‘shimcha tafsilotlar tergov yakunlaridan so‘ng e’lon qilinishi aytilmoqda.






























Izohlar 0
…