date

Ronaldu Qizil dengiz orollaridan 8 mln dollarga 2 ta villa sotib oldi

Ronaldu Qizil dengiz orollaridan 8 mln dollarga 2 ta villa sotib oldi

Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klubi hujumchisi va jamoa sardori Krishtianu Ronaldu hayotidagi navbatdagi katta xaridni amalga oshirdi. 40 yoshli portugaliyalik yulduz Qizil dengiz hududida joylashgan Nujuma kurortidan umumiy qiymati 8 million dollarga teng bo‘lgan ikkita zamonaviy villani o‘z nomiga rasmiylashtirdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchining yangi ko‘chmas mulki joylashgan orol Saudiya Arabistoni materigidan 20 kilometrdan ortiq masofada, Qizil dengiz qo‘ynida qad rostlagan. Ushbu hududning o‘ziga xos tomoni shundaki, orolga faqat suv transporti orqali yetib borish mumkin. Bu esa joyning yopiqligi, xotirjamligi va tabiiy muhit bilan uyg‘unligini yanada oshiradi.

Krishtianu Ronalduning ta’kidlashicha, bu xarid tasodifiy emas. Ushbu orolga ilk bor tashrif buyurgan paytdanoq u va uning rafiqasi Jorjina Rodriges bu joy bilan o‘ziga xos ruhiy yaqinlikni his qilgan.

«Birinchi tashrifdanoq Jorjina va men ushbu orol hamda uning betakror tabiiy manzaralari bilan chuqur bog‘liqlikni his qildik. Bu yer biz uchun tinchlik, xotirjamlik va halovat topadigan makon», — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Ronaldu.

Ma’lumki, futbolchi so‘nggi yillarda Saudiya Arabistonida nafaqat sport faoliyati, balki shaxsiy hayotini ham yo‘lga qo‘yib, mamlakatga bo‘lgan qiziqishini ochiq namoyon etmoqda. Nujuma orolidagi ushbu villalar esa uning Qizil dengiz sohillaridagi yangi hayot sahifasining yorqin ramzi sifatida baholanmoqda.

Muxlislar esa Ronalduning bu qarorini uning kelajakda ham Saudiya Arabistonida uzoq muddat qolish niyati borligining yana bir belgisi sifatida qabul qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu Qizil dengiz orollaridan 8 mln dollarga 2 ta villa sotib oldi