
Joriy yilning 1 yanvar kuni kechasi Turkiyaning Istanbul shahri Reina tungi klubidagi portlashning tashkilotchisi qo‘lga olindi. Bugun, 14 fevral kuni polisiya xodimlari uni ijaraga olib, yashirinib yotgan maskanini topdi, deb xabar bermoqda “Qalampir” nashri.
Terakt harakatini amalga oshirgan Masharipovning rahnamosi, IShID guruhi a’zosi bo‘lib chiqdi. Polisiya bergan dastlabki ma’lumotlarda uning ismi oshkor etilmayapti. Bizga tashkilotchining turk millatiga mansub ekanligi hamda ismi-sharifining bosh harflari ma’lum, xolos. (A.S.) Turkiya polisiyasi qo‘lga olingan shaxsni 2009 yilda buyon Fransiyada yashaganini tasdiqlamoqda. Keyinroq batafsil ma’lumotlar berilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi yil kechasi Abduqodir Masharipov qo‘lidagi qurol bilan tungi klubga kirib, 13 ta davlatdan tashrif buyurgan 39 kishini otib o‘ldirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar