date

Tramp Venesuelaga qo‘shin joylashtirish haqida bayonot berdi

Tramp Venesuelaga qo‘shin joylashtirish haqida bayonot berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darish maqsadida amalga oshirilgan operatsiya bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi. U o‘z so‘zlarida Venesuela kelajagi, AQSHning rejalari va Maduroga qarshi amalga oshirilgan hujum haqida batafsil bayonot berdi.

Tramp Venesuelaga takroriy harbiy zarba bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi va Venesuela siyosatchilarini ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Maduro o‘zini bunkerga yashirgan, ammo AQSH harbiylari uning qochishiga yo‘l qo‘ymagan. “Biz 47 soniya ichida hamma joyni tozaladik va Maduroning qochishiga imkon bermadik”, — dedi Tramp.

Shundan so‘ng, Tramp Venesuela prezidenti qarshilik ko‘rsatgan taqdirda o‘ldirilishi mumkinligini ma’lum qildi: ““Biz hujumning ikkinchi to‘lqinini amalga oshirishimiz ham mumkin, u yanada kuchliroq bo‘ladi, bunga tayyormiz. Venesueladagi barcha siyosiy figuralar tushunishi darkor – Maduro bilan yuz bergan holat boshqa har kim bilan ham sodir bo‘lishi mumkin”, - dedi u.”.

Tramp shuningdek, Venesuela xalqini boy qilish uchun yangi neft sarmoyalari haqida so‘zlab, Amerika nafaqat Venesuelaning, balki global energetika sohasida ham eng yuqori pozitsiyani saqlab qolishini ta’kidladi. U neft infratuzilmasini tiklash uchun milliardlab dollar sarflashga tayyorligini qayd etdi.

“Narkokartellar o‘z vaqtida juda shafqatsiz edi, ammo endi bu bizda yo‘q. Biz qo‘shma harbiy kuchlar orqali bu ishni qilamiz. Biz Venesuela va boshqa mamlakatlardagi harbiy nazoratni o‘z qo‘limizga olamiz”, — dedi Tramp.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hokimiyati o‘z hududida xorijiy kuchlarni joylashtirishga o‘tish bilan AQSHga tahdid qilgan, shuningdek, hujum qurollarini sotib olgan. U AQSHning Venesuelada o‘z qo‘shinlarini joylashtirish imkoni haqidagi savollarga javob berdi.

Donald Tramp Venesuela o‘z hududida xorijiy kuchlarni joylashtirgani va AQSHga tahdid soluvchi hujum qurollarini sotib olganini aytarkan, agar zarur bo‘lsa AQSH Venesuelada o‘z qo‘shinlarini joylashtirishi mumkinligini ta’kidladi.

Tramp matbuot anjumani davomida Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machadoni ham tilga olib o‘tdi.

“Machado Venesuela yetakchisi bo‘la olmaydi, unda yetakchilik qobiliyati yo‘q, u shunchaki yoqimtoy”, - dedi AQSH prezidenti.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela vitse-prezidenti AQSH vitse-prezidentiga AQSH nima desa shuni bajarishga tayyorligini bildirgan.

U Rossiya-Ukraina urushiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Men Ukraina va Rossiya nizosini eng yengil nizo deb o‘ylagandim, ammo hozircha ularni yarashtira olmadim. AQSH Ukraina mojarosida pul yo‘qotmayapti, balki pul ishlayapti”, - dedi u.

Tramp, shuningdek, u Putin bilan Maduro haqida hech qachon gaplashmagan. Donald Tramp Putin bilan Ukraina masalasidagi muloqotlardan ko‘ngli to‘lmayotgani, lekin tinchlik o‘rnatish masalasida oldinga siljish borligini ta’kidladi.

“Bu urush qonli hammomga aylandi va biz bunga chek qo‘yishni xohlaymiz. Bu Bayden, Zelenskiy va Putinning urushi”, — dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Venesuelaga qo‘shin joylashtirish haqida bayonot berdi