14:51 / 17.02.2017
6 553

Pokistonda yirik terakt. 72 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistonda yirik terakt. 72 kishi qurbon bo‘ldi

16 fevral kuni Pokistonning janubiy Sind provinsiyasida yirik terakt sodir etildi. Ibodatxonalardan birida xudkush-terrorchi o‘zini o‘zi portlatib yuborgan. Oqibatda esa 72 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, kamida 250 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda “Reuters” agentligiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif teraktga izoh berar ekan, hodisani “Pokistonning kelajagiga hujum”, deya atadi. Mahalliy polisiya vakillari qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini xabar qilishdi.

Ayrim guvohlarning aytishlaricha, xudkush-terrorchi ibodatxonaning ayollar o‘tiradigan joyiga yaqinlashib borgan. U erda esa 30 yaqin bolalar ham bo‘lgan. Terakt oqibatida onalari bilan bo‘lgan bolalar ham qurbon bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda yirik terakt. 72 kishi qurbon bo‘ldi