20:17 / 17.02.2017
7 951

Rossiya diplomatik mashinasi YTHga uchradi. Bu uyushtirilganmi?

Rossiya diplomatik mashinasi YTHga uchradi. Bu uyushtirilganmi?

Kecha, 16 fevral kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Rossiya diplomatlari boshqarib kelayotgan mashina YTHga uchradi, deb yozadi Qalampir.uz.

Rossiya diplomatik korpusiga tegishli davlat raqami bilan jihozlangan Toyota Land Cruiser Prado rusumli avtomobili yuk tashuvchi mashina bilan to‘qnash keldi. Hodisa sodir bo‘lgan payt, Mercedes yuk mashinasi Fuchika ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.

Yuk mashinasi Manas aeroporti tomon ketayotgan chog‘ida Prado ichida ikkita rus diplomati bo‘lgan. Yuk mashinasining haydovchi tan jarohati olib, shifoxona etkazilgan. Ikkala mashina boshqaruvchisi ham mahalliy IIBga ariza bilan murojaat qildi.

“Yuk mashinasining haydovchisi 4-sonli shahar shifoxonasiga etkazildi. Ikkala haydovchining arizasiga ko‘ra, tergov ishlari boshlandi”, deb xabar beradi Bishkek Patrul milisiya boshqarmasi matbuot kotibi Darya Paxomova.

YTH aybdori kim va unga qanday jazo choralari ko‘rilmoqda, bu ma’lum emas. Hozircha voqeaga oydinlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya diplomatik mashinasi YTHga uchradi. Bu uyushtirilganmi?