17:32 / 18.02.2017
7 765

Diqqat, Turkiyada terakt! Qurbonlar orasida 11 yoshli qiz bor

Diqqat, Turkiyada terakt! Qurbonlar orasida 11 yoshli qiz bor

Kecha, 17 fevral kuni Turkiyaning janub-sharqiy hududida joylashgan Sanliurfa provinsiyasining Suriyaga chegaradosh qismida ichida portlovchi modda bo‘lgan avtomobil harakatga keltirilgan. Mashina sudya va prokurorlar istiqomat qiluvchi rezidensiya yaqinida portlab, natijada 17 kishi tan jarohati olgan, ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ularning biri 11 yoshli qizaloq bo‘lgan, deb yozadi “Qalampir” nashri.

Hudud hokimi Gungor Azim Tunaning so‘zlariga ko‘ra, Viranshaharda yuz bergan halokatdan so‘ng tanasi yonib ketgan marhum qo‘riqchining murdasi ham topilgan. Mahalliy vaqt bilan, soat 21:00 atrofida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatida bir tonnaga yaqin portlovchi moddadan foydalanilgani aytilmoqda. Jabrlanganlar shifoxonaga etkazilgan, voqeaga aloqadorlikda gumon qilingan 26 ta shaxs qo‘lga olindi.

Mamlakat Adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ ijtimoiy tarmoqda quyidagi xabarni qoldirgan:

“Bu terroristik harakat bizning sudlovimizga emas, balki qonunchiligimiz, adolatimiz, millatimiz va birligimizga qilingan tajovuzdir. Hech qanday terroristik guruh Turkiyani ularga qarshi kurashishdan to‘xtatib qola olmaydi”, deydi u mikroblogida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu teraktlar ortida PKK partiyasi turibdi, deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, 2015 yilning iyul oyidan beri Turkiyada PKK partiyasi va IShID guruhining terroristik harakatlari oqibatida 550 dan ortiq tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Diqqat, Turkiyada terakt! Qurbonlar orasida 11 yoshli qiz bor