13:57 / 19.02.2017
9 136

Olimlar sakkizinchi qit’a kashf etilganini aytishmoqda

Olimlar sakkizinchi qit’a kashf etilganini aytishmoqda

“Geological Society of Amerika's Journal” jurnalida e’lon qilingan maqolada Yangi Zelandiya olimlari sakkizinchi qit’a – Zelandiya aniqlanganini ma’lum qilishdi, deb xabar beradi Hilol.uz.

Tinch okeanining janubi-g‘arbida joylashgan va 94 foizi suv ostida qolgan Zelandiya sakkizinchi qit’a bo‘lishi mumkin. Uning hududi 4,9 million kvadrat kilometrga teng bo‘lib, Yangi Zelandiya va Yangi Kaledoniyani o‘z ichiga oladi, mazkur orollar ayni qit’a plitasida joylashgan.

Olimlarning aytishicha, Zelandiya qobig‘ining qalinligi 10-30 kilometr atrofidadir. Mazkur plita qit’aga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi, masalan, chegaralari aniq shakllangan.

Hozircha yangi zelandiyalik tadqiqotchilarning bu kashfiyoti dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar sakkizinchi qit’a kashf etilganini aytishmoqda