15:50 / 19.02.2017
10 435

Olimlar qadimiy asteklar nimadan qirilib ketganligini aniqladi

Olimlar qadimiy asteklar nimadan qirilib ketganligini aniqladi

Biologlar XV asarda yashagan qadimiy asteklar sivilizasiyasi nimadan qirilib ketganligini aniqladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri. Tadqiqotlarga ko‘ra, asteklar sivilizasiyasi konkistadorlar tomonidan Meksikaga olib kelingan salmonella tufayli qirilib ketgan.

Salmonella bakteriyasi 20 yil davomida qadimiy sivilizasiyani asta-sekinlik bilan yo‘q qilgan. Aynan shu bakteriya Meksika hindularining ommaviy ravishda qirilib ketishiga sabab bo‘lib, uni 80 foizga kamaytirgan va Kolumbning qadami tekkuncha Yangi Dunyoda yashagan 20 million hinduning teng yarmi qirilgan.

Mazkur gipoteza haqida ilgari ham gapirilgan. 1983 yilda antropolog Genri Dobins evropalik konkistadorlar tomonidan olib kelingan kasallik tufayli 1492 yildan beri Amerika aholisining 95 foizi vafot etganligini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar qadimiy asteklar nimadan qirilib ketganligini aniqladi