Ayni damda Germaniya hukumatida bolalar uchun ishlab chiqariladigan aqlli qo‘g‘irchoqlarga qarshi nafrat paydo bo‘lgan. Hukumat bunday qo‘g‘irchoqlar josus, degan to‘xtamga kelmoqda.
Aqlli qo‘g‘irchoqlarning aksariyati internet yordamida ishlaydi. Ular orasida ota-ona uchun bolani masofadan kuzatish imkonini beruvchilari ham bor.
Ana shunday o‘yinchoqlari orasida eng aqlli qo‘g‘irchoqlardan biri Kayla sanaladi. Kaylani ishlab chiqargan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu qo‘g‘irchoq nafaqat bola bilan suhbatlashishi, balki kichkintoyni qizirtirgan savollarga internet orqali javob topib berishi ham mumkin ekan. Bu haqda “Euronews”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar qilmoqda.
Germaniya Federal agentligi vakillari Kayla qo‘g‘irchog‘ining ishlash texnologiyasi hakerlarga uni buzib kirish hamda bolaning, uning yonida bo‘lgan kattalarning harakatlarini nazorat qilish imkonini berishi mumkinligini aytishmoqda.
Ammo xavf bu bilan tugamaydi. Nazorat bilan birga qo‘g‘irchoq bolaga turli mavzularda “o‘ziga kerakli bo‘lgan” maslahat va buyruqlarni berishi, oilasi haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kaylaning texnologiyasida qonunga xilof bo‘lgan qurilma bor. Hakerlar aynan shu qurilma asosida g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishlari mumkin.
Shu sababli, Germaniya hukumati farzandiga shunday qo‘g‘irchoqlarni olib bergan ota-onalarni Kaylani yo‘q qilish kerakligi haqida ogohlantirishmoqda.
Bundan avval, HelloKitty brendi ishlab chiqargan aqlli qo‘g‘irchoqlar haqida shunday ma’lumot tarqalgandi. HelloKitty ham onlayn-internet xizmati asosida ishlaydi.
Yana, Gonkongning VTech Holdings firmasi ishlab chiqaruvchi elektron qo‘g‘irchoqlar ham kiberhujumchilar tomonidan mahv etilgan.
O‘shanda, hakerlar bu qo‘g‘irchoqni sotib olgan 5 million kishi haqidagi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgandi. Ular orasida 200 ming nafar bolalar ham bor.
Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda ekspertlar farzandiga aqlli qo‘g‘irchoqlarni sotib olib bergan yoki xarid qilish arafasida turgan ota-onalarni ehtiyotkorlikka chaqirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»