date

Qozog‘istonda avtobus ag‘darilib, to‘rt kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda avtobus ag‘darilib, to‘rt kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi.

Bu haqda Qozog‘iston Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Aktau-Beyneu avtomagistralida sodir bo‘lgan. Aktaudan Beyneu qishlog‘iga ketayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi, haydovchi boshqaruvni yo‘qotganidan so‘ng, ag‘darilgan. Avtobusda 50 kishi bo‘lgan, jarohatlanganlardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Mang‘istau viloyat politsiyasi hodisaning barcha jihatlarini aniqlash maqsadida tergov olib bormoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, avtobus 2025 yil 19 dekabrda texnik ko‘rikdan o‘tgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘l II texnik toifaga kiradi, asfalt-beton qoplamaga ega, yo‘lda nuqsonlar yo‘q va u to‘liq ish holatida ekanligi ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda avtobus ag‘darilib, to‘rt kishi halok bo‘ldi