
Gvatemalada Fuego vulqoni otila boshlandi, vulqon kuli 5 km gacha balandlikka otilmoqda.
Televisa telekanalining ma’lum qilishicha, o‘rtamiyona va kuchli portlashlar qayd qilingan. Vulqon kuli shimoli-g‘arb, shimol, shimoli-sharq va sharq tomonlarga 20 km gacha masofagacha tarqamoqda.
Vulqondan shuningdek uchta lava oqimi otilgan, ular kraterdan 300 metrgacha balandlikka chiqqan.
Kul qatlami yaqin oradagi qishloqlarni qoplagan va yaqin soatlarda mamlakat poytaxtiga etib borishi mumkin.
Favqulodda xizmatlar fuqarolik aviasiyasi boshqarmasiga vulqon kuli tarqashi tufayli parvozlarni taqiqlashni tavsiya qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar