AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy xarajatlarning sezilarli darajada oshirilishini ma’lum qildi. Tramp «Konservativ siyosiy harakat» tashkiloti forumidagi nutqida «bekorchi gaplarning davri» yakunlanib, «faol harakatlar» boshlanganini e’lon qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
AQSh prezidenti forum ishtirokchilariga yaqin orada mamlakatdagi iqtisodiy tizimni o‘zgartirishga qaratilgan qator farmonlar chiqarishga va’da berdi. Xususan, u ijtimoiy to‘lovlar kamaytirilib, welfare tizimidan voz kechilishini qayd etdi.
«Barcha amerikaliklar uchun yordam pulidan voz kechib, ishga qaytish vaqti keldi», — deya AQSh etakchisi yig‘ilganlarni qabul qilingan choralar ularga yoqishiga ishontirdi.
Shuningdek, Donald Tramp mamlakatda tez orada neft va ko‘mir ishlab chiqarish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinishiga urg‘u berdi. Shu bilan bir vaqtda inson va atrof-muhit himoyasi bilan bog‘liq yangi qoidalar o‘rnatilishiga va’da berdi.
Prezident OAVlar tomonidan tarqatilayotgan yolg‘on axborot masalasiga alohida e’tibor qaratdi. U Oq uyda anonim manbalardan voz kechish siyosatini e’lon qildi.
«Manba Donald Tramp juda yomon deb qayd etdi. Buni yuzimga aytsin», — deya amerikalik etakchi yig‘ilganlarni anonim xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u OAVlarni maksimal darajadagi ochiq ma’lumot bilan ta’minlashga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»