Dunyodagi eng boy inson Ilon Mask tan oldi: baxt pul bilan o‘lchanmaydi!

Dunyodagi eng boy inson sifatida tilga olinayotgan Ilon Mask kutilmagan fikri bilan yana muhokamalar markaziga chiqdi. U o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qisqa, ammo mazmunli yozuv qoldirib, ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ydi.
Mask «Baxtni pulga sotib ololmaysan degan odam gapini bilib aytgan ekan» mazmunidagi fikrni yozib, so‘zlari oxiriga g‘amgin smayl ham qo‘shdi. Qisqa post bo‘lishiga qaramay, u millionlab foydalanuvchilar orasida tez tarqaldi va turli talqinlarga sabab bo‘ldi.

Bu fikr ayniqsa Maskning moliyaviy holati fonida yanada qiziqarli tuyuladi. Chunki u 2-fevral kuni o‘ziga tegishli SpaceX aerokosmik kompaniyasi hamda sun’iy intellekt yo‘nalishida ishlayotgan xAI startapini birlashtirganidan so‘ng boyligi keskin oshdi. Ayni paytda uning umumiy kapitali taxminan 852 milliard dollar deb baholanmoqda va u sayyoramizdagi eng badavlat shaxs sifatida qayd etilmoqda.
Kuzatuvchilarga ko‘ra, Maskning bu gaplari shunchaki hazil yoki kayfiyat ifodasi emas, balki katta moliyaviy imkoniyatlar ham insonning ichki qoniqishi va ruhiy xotirjamligini kafolatlamasligiga ishora bo‘lishi mumkin.
Qanday bo‘lmasin, texnologik inqiloblar ortida turgan tadbirkorning bu so‘zlari oddiy insonlar uchun ham, milliardlar bilan ishlaydigan biznes olami vakillari uchun ham o‘ziga xos signal bo‘ldi. Chunki ba’zan eng katta yutuqlar ham eng oddiy haqiqatni o‘zgartirolmaydi: baxt faqat hisob raqamlarida emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!