date

Vnukovodagi qalbaki chiptalar sxemasi fosh etildi: o‘zbekistonliklar ham jabrlangan

Vnukovodagi qalbaki chiptalar sxemasi fosh etildi: o‘zbekistonliklar ham jabrlangan

Moskva shahridagi Vnukovo xalqaro aeroportida bir necha yillar davomida amal qilib kelgan noqonuniy aviachipta savdosi bilan bog‘liq firibgarlik sxemasi ochib berildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2014 yildan buyon aeroport hududidagi qalbaki kassa orqali rasmiy tizimlarda qayd etilmagan aviachiptalar sotib kelingan. Natijada xorijiy fuqarolar, jumladan, O‘zbekiston va Turkiya fuqarolari ham jabr ko‘rgan. Bu haqda MK.RU nashri xabar qildi.

Tergov organlari ma’lumotlariga ko‘ra, kassir mijozlardan pul qabul qilib, haqiqiy reyslar uchun rasmiy axborot bazalariga kiritilmagan hujjatlarni berib kelgan. Ayrim hollarda esa tushgan mablag‘lar vaqtincha boshqa ehtiyojlarga sarflanib, keyinchalik haqiqiy chiptalar qayta xarid qilingan. Shu tarzda firibgarlik uzoq vaqt davomida fosh etilmay qolgan.

Biroq keyingi davrda ushbu sxema izdan chiqqan va 20 nafardan ortiq mijoz ham pulidan, ham aviachiptasidan mahrum bo‘lgan. Jabrlanganlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilganidan so‘ng jinoiy holat ochiqlangan.

Moskva shahri Solnsevskiy tuman sudi mazkur ish bo‘yicha ayblanuvchini aybdor deb topib, unga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Mutaxassislar esa fuqarolarga aviachiptalarni faqat rasmiy kassalar, aviakompaniyalarning rasmiy saytlari yoki ishonchli onlayn platformalar orqali sotib olishni tavsiya qilmoqda. Aks holda firibgarlar tuzog‘iga tushib qolish xavfi yuqori ekani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Vnukovodagi qalbaki chiptalar sxemasi fosh etildi: o‘zbekistonliklar ham jabrlangan