date

Qozog‘istonda mashina muz ostiga ketdi, ikki ayol qutqarildi

Qozog‘istonda mashina muz ostiga ketdi, ikki ayol qutqarildi

Qozog‘istondagi Kapshagay suv omborida yengil avtomobil muz ustidan sirg‘alib ketib, muz qoplami ostidagi sovuq suvga g‘arq bo‘ldi.

Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa vaqtida avtomashina salonida ikki nafar ayol bo‘lgan. Darhol voqea joyiga qutqaruv xizmatining kuch va texnikalari jalb etildi.

Qutqaruvchilar transport vositasiga xavfsiz kirish yo‘lagini tashkil etib, maxsus sug‘urtalash vositalaridan hamda muz ustida ishlash uchun mo‘ljallangan jihozlardan foydalandilar.

Operativ harakatlar natijasida har ikki ayol tezkor tarzda avtomobildan chiqarilib, sohilga olib o‘tildi. Jabrlanganlarga voqea joyining o‘zida zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda mashina muz ostiga ketdi, ikki ayol qutqarildi