Tashqi razvedka xizmati rublning qadrsizlanishiga kimlar sababchi bo‘layotganini ma’lum qildi

«Xorijiy investision jamg‘armalar 2014 yilning boshidan beri o‘z qiymatini 50 foizga yo‘qotgan rublga nisbatan bo‘layotgan hujumlarda ishtirok etmoqdalar». Rossiya Federasiyasi Tashqi razvedka xizmati rahbari Mixail Fradkov «Bloomberg» agentligiga bergan intervyusida shunday fikr bildirgan, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
«Har qanday spekulyasiyalar o‘zining muayyan sxemasiga ega, sxemalar esa kimdir tomonidan ishlab chiqiladi. G‘arb davlatlarining moliyaviy institutlari va jamg‘armalari Rossiya bozorida o‘z odamlari va moliyaviy vositachilari yordamida harakat qiladilar, shu tariqa ular Rossiya rublining qadrsizlanishida kelishilgan holda ishtirok etadilar», – deydi Mixail Fradkov.
Fradkovning fikricha, bu hujumlar rublning qadrsizlanishi va neft narxining tushirilishiga qaratilgan nayrangbozliklarni o‘z ichiga oladi. Joriy yilda neft narxining 30 foizga tushib ketishi asosan AQShning xatti-harakatlari evaziga sodir bo‘lmoqda. Bu xatti-harakatlar Rossiyani butun e’tiborni o‘z ichki muammolarini hal qilishga qaratishga majbur etishga qaratilgan, deb hisoblaydi Fradkov.
Qayd etib o‘tish joizki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 4-dekabr kuni Federal yig‘ilishga qilgan murojaati davomida hukumat rublning qiymatini kimlar tushirayotganini bilishini hamda Markaziy Bank va Moliya vazirligiga zarur choralarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilishini ma’lum qilgandi.
Foto: Nikolskiy Aleksey / TASS “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing