Ilon Mask: 10 yil ichida Oyda shaharlar paydo bo‘lishi mumkin

Ilon Maskning rejalariga ko‘ra, yaqin 10 yil ichida Oyda “o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi” shaharlar paydo bo‘lishi mumkin, Mars esa bir necha o‘n yillikdan so‘ng bu maqsadga erishadi. Bu haqda The Insider xabar bermoqda.
SpaceX asoschisi, milliarder Maskning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlariga ko‘ra, Oy loyihasi kompaniyaning ustuvor maqsadidir. Uning aytishicha, Marsga parvozlar faqat 26 oyda bir marta amalga oshirilishi mumkin, chunki u Yerga eng yaqin nuqtada bo‘ladi, Oyga esa uchishlar har 10 kunda bir marta amalga oshishi mumkin va parvoz faqat ikki kun davom etadi. Marsga esa parvoz uchun yarim yil vaqt kerak.
Mask, shuningdek, Oy loyihasining ilk natijalari 10 yil ichida ko‘rina boshlashini, Mars loyihasi esa kamida 20 yildan ortiq vaqt talab qilishini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, NASA ham so‘nggi 50 yilda birinchi marta insonlarni Oyga yuborishni rejalashtirmoqda. “Artemida” dasturi doirasida astronavtlar Oyga qo‘ndirilib, u yerda uzoq muddatli mavjudlik ta’minlanadi. Uchirish bir necha marta kechiktirilgan bo‘lib, yangi rejaga ko‘ra, u 2026 yil mart oyi boshlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!