date

Germaniyada ikki oyda bankka beshinchi marta bostiruv bo‘ldi

Germaniyada ikki oyda bankka beshinchi marta bostiruv bo‘ldi

Germaniyada so‘nggi ikki oy davomida kamida beshinchi bor bankka o‘g‘irlik uyushtirildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bremen shahri yaqinida joylashgan Shtur shahrida noma’lum shaxslar mahalliy Volksbank filialining yerto‘la qismiga deraza orqali kirib borgan.

Qaroqchilar bank binosiga bostirib kirib, jami 14 ta seyf qutisini ochib bo‘shatgan. Hozircha yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniq emas, chunki seyflar ichidagi mablag‘ va buyumlar bank sirlari hisoblanadi.

Xabarga ko‘ra, o‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda jinoyatchilar bank yerto‘lasiga noma’lum suyuqlik purkagan. Bu esa filial xodimlari orasida o‘zini yomon his qilish, ko‘ngil aynishi kabi holatlarga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar hamda tez tibbiy yordam guruhlari chaqirilgan va ikki nafar xodimga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Xavfsizlik maqsadida bank binosi to‘liq evakuatsiya qilingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, havoda xavfli moddalarning yuqori miqdori aniqlanmagan.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, hodisa paytida ko‘k rangli kombinezon kiygan uch nafar shaxs bank binosidan chiqib, qora rangli avtomashina tomon yo‘l olgan.

Ayni paytda gumon qilinuvchi qaroqchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.v

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada ikki oyda bankka beshinchi marta bostiruv bo‘ldi