
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 49 nafar, jarohatlanganlar 76 kishi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Bundan oldingi xabarlarda ushbu terakt 30dan ortiq kishini hayotdan olib ketgani va kamida 70 kishi jarohatlangani aytilgandi.
8 mart kuni IShIDning 4 nafar jangarisi Kobulda portlash va otishma uyushtirdi. Jangarilardan biri harbiy gospital darvozasi oldida o‘zini portlatgan, yana 3 nafari ichkariga bostirib kirib, bemorlarni va xodimlarni o‘qqa tuta boshlagan.
Tez orada hududga etib kelgan maxsus kuchlar jangarilarning barchasini o‘ldirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar