Turkiyaning Istanbul shahrida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 nafarga etdi, deb yozmoqda Kun nashri.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, aviahalokat yuz bergan joyda 2 uchuvchi jasadi topilgan.
Turkiyaning "Ejzajibashi" kompaniyalar guruhiga tegishli Sikorsky S-76 vertolyoti Istanbul yaqinidagi Byuyukchekmeje shaharchasida kuchli tuman sharoitida teleminora bilan to‘qnashib ketgan. Vertolyot bortida 7 kishi bo‘lgan. Avvalroq 5 kishi halok bo‘lgani, ulardan 4 nafari rossiyaliklar ekani ma’lum qilingandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyotni Olovuddin Adjar va Axmet Bulut ismli uchuvchilar boshqargan. Shuningdek, halok bo‘lgan yo‘lovchilar nomlari ma’lum qilingan, ular: "Ejzajibashi"ning Rossiyadagi bo‘limi VitrA bosh direktori Salim O‘zen va rossiyaliklar Aleksandr Vanin, Igor Kochergin, Lyudmila Chuprova va Elena Badragan.
Milliyet gazetasining ma’lum qilishicha, uchuvchilar bu hududdan avval ham uchib turishgan va teleminoraning joylashgan o‘rnidan yaxshi xabardor bo‘lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»