date

Nyu-Yorkdagi cherkovda portlash: hodisa tafsilotlari ochiqlandi

Nyu-Yorkdagi cherkovda portlash: hodisa tafsilotlari ochiqlandi

AQSHning Nyu-York shtatining shimoliy hududida joylashgan cherkov binolaridan birida portlash sodir bo‘ldi.

Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida besh nafar inson, jumladan, hodisa joyiga yetib kelgan pastor hamda o‘t o‘chirish xizmati xodimlari turli darajada tan jarohati olgan.

Xabarda aytilishicha, 43 yoshli pastor — Brendon Pitts hamda 43 yoshdan 71 yoshgacha bo‘lgan Bunvill yong‘in xizmatining to‘rt nafar xodimi shifoxonalarga yetkazilgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi og‘ir, biroq barqaror ahvolda qolmoqda.

Huquq-tartibot idoralari portlash bo‘yicha olib borilgan dastlabki tekshiruvlarda hodisada noqonuniy harakat alomatlari aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkdagi cherkovda portlash: hodisa tafsilotlari ochiqlandi