
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Niderlandiya xukumatini “millatchilik sarqiti”, “fashistlar”, “qo‘rqoqlar”, “jur’atsiz”lar deb atadi. Bu haqda «Qalampir» xabar qilmoqda.
Bu borada mamlakat rahbari Istanbulning Bagdjilar tumanidagi nutqida to‘xtalib o‘tgan.
Erdo‘g‘an Niderlandiya hukumati tomonidan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘luning ushbu mamlakatga borishiga ta’qiq qo‘yilgandan so‘ng shu fikrga kelganini
ma’lum qildi.
“Gollandiya, ko‘ramiz, bu ishdan keyin sening samolyotlaring qanday qilib Turkiyaga qo‘nar ekan. Men oddiy aholi vakillari emas, diplomatlar haqida gapirayapman. Ularning parvozi boshqa mavzu”, deydi Turkiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yili Erdo‘gan Gitler rahbarlik qilgan vaqt Germaniya uchun namunali prezidentlik tizimi bo‘lganini ham aytgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar