O‘zbekiston va rossiyalik olimlar 7 yangi qo‘ng‘iz turini topdi

O‘zbekiston va Rossiya olimlari hamkorligida olib borilgan navbatdagi ilmiy izlanishlar natijasida qo‘ng‘izlarning Dailognatha urug‘iga mansub 7 ta yangi tur aniqlandi.
Tadqiqotlarda Xorazm Ma'mun akademiyasi hamda bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari faol ishtirok etdi. Olimlar mazkur urug‘ga mansub ilgari noma’lum bo‘lgan turlarni batafsil o‘rganib, ularning yashash muhiti va biologik xususiyatlarini tahlil qildi.
Asosan toshloq va adir hududlarda uchraydigan ushbu qo‘ng‘izlar tabiat uchun muhim hisoblanadi. Ular organik qoldiqlarni parchalash, shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Qayd etilishicha, mazkur kashfiyotdan so‘ng dunyo miqyosida Dailognatha urug‘iga mansub turlar soni 21 tadan 28 taga yetdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!