date

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning 13 yoshli qizi raketa dasturi bo'yicha rahbarlik qilmoqda

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning 13 yoshli qizi raketa dasturi bo'yicha rahbarlik qilmoqda

Shimoliy Koreyada mamlakat rahbarining qizi davlat va harbiy tuzilmalarda tobora faolroq ko‘rina boshladi. Xorijiy ommaviy axborot vositalari ma’lum qilishicha, o‘smir qiz raketa dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan tuzilma faoliyatida rahbarlik qilmoqda.

Newsweek nashrining yozishicha, KXDR rahbari Kim Chen In 13 yoshli qizi Kim Ju Ega raketa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi boshqarmada mas’ul lavozimni topshirgan. Manbaga ko‘ra, bu qaror uning siyosiy-harbiy maydondagi rolini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tahlilchilar fikricha, mazkur qadam ehtimoliy vorisni davlat boshqaruvi va armiya tizimiga bosqichma-bosqich jalb etish strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda esa bu jarayon uning Koreya xalq armiyasidagi ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgani aytilmoqda.

Razvedka ma’lumotlariga tayanib, ayrim harbiy hisobotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Kim Ju Ega taqdim etilayotgani ham qayd etilgan. Bunday holatlar KXDR amaliyotida kelajakdagi yetakchini tayyorlash belgisi sifatida baholanadi.

Avvalroq Janubiy Koreya manbalari Kim Chen In hokimiyatni qiziga topshirish ehtimolini ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning 13 yoshli qizi raketa dasturi bo'yicha rahbarlik qilmoqda