Teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning ko‘z yoshlari tarmoqlarda muxlislarini havotirga soldi ( video)

Teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatov uzoq kutilgan amaliyotdan so‘ng ko‘chaga chiqdi. Uning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ko‘z yoshlari aks etgan videosi ko‘plab kuzatuvchilar e’tiborini tortdi va muxlislarini havotirga soldi.
Biroq teleboshlovchi ko‘z yoshlari qayg‘udan emas, aksincha, quvonchdan ekanini ma’lum qildi. U, shuningdek, sog‘lig‘i tiklanishi jarayonida moddiy yordam ko‘rsatgan va xayriya qilgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.
“Erkak kishi yig‘lamaydi, deyishadi. Erkak ham yig‘laydi, faqat ko‘rsatmasdan. Mening ko‘z yoshlarim esa xursandchilikdan”, — deya izoh berdi Ahror Qo‘shmatov.
Teleboshlovchining ushbu samimiy e’tirofi muxlislariga taskin berdi. Uning ko‘chaga chiqqani esa tiklanish jarayonidagi quvonchli yangiliklardan biri bo‘ldi. Kuzatuvchilar Ahrorga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, izohlarda iliq fikrlarini qoldirmoqda.































Izohlar 0
…