date

Xitoy fuqarolariga Eronga safar qilmaslikni rasman tavsiya qildi

Xitoy fuqarolariga Eronga safar qilmaslikni rasman tavsiya qildi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Konsullik ishlari departamenti fuqarolarni Eronga safar qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda 27 fevral kuni The Global Times nashri xabar berdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, Erondagi hozirgi xavfsizlik vaziyati hisobga olingan holda Xitoy fuqarolariga ushbu mamlakatga borishdan vaqtincha tiyilish tavsiya etilgan. Shu bilan birga, ayni paytda Eron hududida bo‘lib turgan Xitoy fuqarolariga shaxsiy xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda imkoniyat bo‘lsa, mamlakatni imkoni boricha tezroq tark etish maslahat berilgan.

Bayonotda, shuningdek, Xitoyning Eron va unga qo‘shni davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari tijorat aviareyslari yoki quruqlik yo‘nalishlari orqali chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishi ham qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy fuqarolariga Eronga safar qilmaslikni rasman tavsiya qildi