Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni so‘roq qilish 14 soat davom etdi va mahalliy vaqt bilan yarimtunga yaqin yakunlandi, deb yozmoqda "Kun.uz" sayti.
Prokuratura Pak Kin Xeni yaqin dugonasi Soy Sun Sul aralashgan 13 ta korrupsiya ishiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.
Avvalroq so‘roq vaqtida Pak Kin Xe "shaxsan o‘zi hech narsaga aloqasi bo‘lmagani va hech narsani bilmaganini" aytgan. Sobiq prezident qolgan ishlar bo‘yicha esa "ular odatiy davlat siyosatining bir qismi bo‘lganini va Soyga yordam berishda shaxsiy manfaat ko‘rish istagi bo‘lmaganini" aytgan.
Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Pak Kin Xe prokuraturani ko‘rsatmalar to‘g‘ri yozib olinganini tekshirgach tark etishi kerak edi. Ta’kidlanishicha, ko‘rsatmalarning tekshirilishi ma’lum vaqt olishi mumkin.
Bu sobiq prezidentning birinchi so‘roq qilinishi bo‘ldi. Hanuzgacha Pak Kin Xe davlatning birinchi shaxsi sifatida yuridik daxlsizlik huquqidan foydalanib kelayotgandi va prokurorlar bilan uchrashishdan bosh tortib kelayotgandi. Konstitusiyaviy sud Pak Kin Xening impichmentini tasdiqlagach, u yuridik immunitetini yo‘qotgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»